“Gemodializ bilan yashaydigan bemorlarning dorilari nihoyat qimmatlab ketdi”

Tinglovchi gemodializ muolajasidan so‘ng zarur bo‘lgan dorilar taqchil va qimmatlab ketganidan shkioyat qilmoqda

Toshkent viloyat, Olmaliq shahridan OzodMikrofonga qo‘ng‘iroq qilgan Dilnora O‘razbayev ayni paytda uning bemor o‘g‘liga kerak bo‘lgan dorilarni aptekadan topish juda qiyin, topilganda ham juda qimmatlashib ketganini aytadi.

“28 yashar Azizjon o‘g‘limning pochkalari qurib, hozir faqat gemodializ bilan yashab turibdi. Har gemodializ olganidan so‘ng qonni ko‘taradigan dorilariga juda qiynalib qolyapmiz. Geparin o‘zi arzimagan pul turadi, aptekalarda yo‘q. Qo‘lda 300 ming so‘mgacha chiqib ketdi. Epo, Espogen, Kosmofer degan dorilarni ham topish qiyin, topsak ham aptekadagi narxlari juda baland. Bitta Espogenning o‘zi 200 ming so‘m, bitta Eponing o‘zi 100 ming so‘m. Masalan, har gemodializ quygandan so‘ng beshta Kosmoferning kunora oladigan bo‘lsak, 400 ming so‘m bo‘lyapti. F 8 filtrini esa birorta aptekadan topishning imkoni yo‘q. Xayriya qilgan insonlarga ming rahmat, o‘shalarning yordami bilan dorilarni goh aptekadan, goh qo‘ldan olib turibmiz. Sog‘liqni saqlash vazirligidan bu dorilarni arzon qilishni, muhtoj odamlar qiynalib qolmasligini so‘ragan bo‘lardim. Olmaliq kasalxonasi shifokorlariga ham ming rahmat, har doim tik oyoqda turib xizmat qilishyapti”.

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

“Gemodializ oladigan bemorlarning dorilari nihoyatda qimmat bo‘lib ketdi”

--------------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!