Bobomurod Abdullayev Prezidentga nega minnatdorchilik bildirdi?

Abdurahmon Tashanov

22 avgust kuni Bishkekdan Toshkentga olib kelinib, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tarafidan sakkiz soat so‘roq qilingach uyiga qo‘yib yuborilgan Bobomurod Abdullayev mahalliy nashrlar e’lon qilgan videomurojaatida "onasining iltimosini inobatga olgani uchun" Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi.

Biroq onaning iltimosini prezident inobatga olgani va tergov organlariga Abdullayevni qo‘yib yuborish to‘g‘risida farmoyish bergani to‘g‘risida ochiq manbalarda hech qanday informatsiya yo‘q.

Umuman, Bobomurod Abdullayevning Bishkekda qo‘lga olinishiyu maxsus samolyotda Toshkentga olib kelinib, keyin qo‘yib yuborilishi bu voqea bilan bog‘liq savollarni ko‘paytirib yubordi.

O‘sha savollarni Bobomurod Abdullayev bilan o‘tkazgan qisqa videomuloqotini Feysbukida e’lon qilgan jurnalist Abdurahmon Tashanovga berdik.

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

Bobomurod Abdullaev Prezidentga nega minnatdorchilik bildirdi?