“Mirishkorda hokim va muovindan tashqari hokimlik bo‘lim mudiri ham Coviddan vafot etdi”

Qashqadaryo viloyat, Mirishkor tuman hokimligining yana bir mulozimi koronavirusdan vafot etgani to‘g‘risida bugungi suhbat davomida jurnalist Abdurahmon Tashanov aytdi. Suhbat yozib olinayotgan paytda marhumning ismi, uning lavozimi ma’lum emas edi. Abdurahmon Tashanov suhbatdan so‘ng aniqlab, Ozodlikka xabar qilishicha, Mirishkor tuman hokimligi Chorvachilik bo‘limi mudiri Abdujabbor G‘aniyev ham koronavirusdan kuni kecha vafot etgan.

Mirishkor tuman hokimi G‘ayrat Begaliyev koronavirus infeksiyasiga chalinib olamdan o‘tgani to‘g‘risida avvalroq xabar berilgan edi. 6 sentabr kuni shu tuman hokimi o‘rinbosari Mansur Rahmonov vafot etgani xabar qilingan.

Bugungi OzodNazarda tilga olingan boshqa ismlar:

Oliy Majlis deputati Rasul Kusherboyev,

Bo‘stonliq tuman kengashi eks-deputati Qobil Do‘sov,

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov va boshqalar...

Suhbatni tinglang:

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

“Mirishkorda hokim va muovinidan tashqari hokimlik bo‘lim mudiri ham Coviddan vafot etdi”