Afg‘onistondagi sayyohlarga hujum uchun mas’uliyatni ID o‘z zimmasiga oldi

Bomiyonda sayyohlarni jalb qiluvchi qadimiy haykallar (arxiv surati)

Afg‘onistonning Bomiyon viloyatidagi xorijlik sayyohlarga hujum uchun mas’uliyatni 19-may kuni “Islom davlati” guruhi o‘z zimmasiga olgan.

Ispaniya Tashqi ishlar vazirligi ma’lumoti ko‘ra, 17-may kuni sodir etilgan hujumda ispaniyalik uch sayyoh halok bo‘lgan va kamida yana bir kishi tan jarohati olgan.

Tolibon shakllantirgan hukumat Tashqi ishlar vazirligi vakili Abdul Matin Qoniy hujum ortidan to‘rt kishi hibsga olingani haqida ma’lum qilgan. Mulozimga ko‘ra, hodisa chog‘ida uch nafar xorijlik sayyohdan tashqari afg‘onistonlik bir fuqaro ham halok bo‘lgan, shuningdek, to‘rt nafar chet ellik va uch nafar afg‘onistonlik jarohat olgan.

Hujum sodir etilgan viloyat markazi bo‘lmish Bomiyon shahri UNЕSCO jahon merosi obyekti bo‘lib hisoblanadi. U Bomiyon qal’asi va Budda haykallari singari tarixiy va madaniy obidalari bilan xorijlik sayyohlarni o‘ziga jalb etadi. Bomiyon tabiat shaydolari orasida ham jozib joylardan biri bo‘lib hisoblanadi.