Andijonning Shahrixonsoyidan sel qurboni bo‘lgan yana ikki o‘shlik qizning jasadi topildi

Illyustrativ surat

O‘zbekistonning Andijon shahridagi Shahrixonsoydan 19 yoshli va 10 yoshli opa-singilning jasadi topilgan.

Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, qizlarning jasadi soat 14:30 da topilgani ortidan Andijon shahri morgiga yetkazilgan.

Avvalroq FVV mazkur kanaldan sel oqizib ketgan marhumalarning 6 yashar singlisi jasadi topilgani haqida ma’lum qilgan edi. Bu uch qiz onasining jasadini esa qutqaruvchilar Oqbura daryosining o‘zbek-qirg‘iz chegarasi yaqinidagi joyidan topishgan.

O‘sh shahar meriyasi ma’lumotiga ko‘ra, ona bilan uning uch qizini “Mol-Bulak” dam olish maskani bo‘lgan paytda sel oqizib ketgan.