AQSH: Ohayodagi otishmada bir kishi qurbon bo‘ldi, 24 kishi yaralandi

Illyustrativ surat

AQSHning Ohayo shtatida 2-iyunga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan otishmada bir kishi halok bo‘lgan, kamida 24 kishi jarohat olgan.

Otishma tun yarmidan og‘ganda Akron shahrida sodir bo‘lgan. Mahalliy nashrlar xabarlariga ko‘ra, voqea joyida o‘qotar qurol va o‘nlab gilza topilgan.

Akron politsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, jarohat olganlardan ko‘pchiligining yarasi hayot uchun xavfli emas, qolgan bir necha kishining esa “ahvoli jiddiyroq”.

Huquq-tartibotchilar otishma sabablari hamda hujumchi yoki hujumchilar shaxsi haqida hali og‘iz ochganlari yo‘q. Hodisa ortidan biror kishi qo‘lga olingani haqida ham ma’lum emas.

Qo‘shma Shtatlarda o‘qotar qurol ustidan nazoratni kuchaytirish haqida bahs-munozaralar davom etmoqda. Birgina o‘tgan yilning o‘zida mamlakatda otishlar natijasida qirqqa yaqin odam nobud bo‘lgan.

AQSH prezidenti Jo Bayden muntazam ravishda bunga oid qonunchilikni “oqilona” isloh qilishga chaqirib keladi. Bu chaqiriqqa amerikaliklar o‘zini o‘zi mudofaa qilishga haqli ekanini urg‘ulayotgan Milliy merganlik assotsiatsiyasi qat’iyan qarshi chiqib kelmoqda.