Armaniston Falastinni mustaqil davlat o‘laroq tan oldi

Armaniston Falastin davlati mustaqilligini tan olishini e’lon qildi. Bunga oid bayonot Armaniston Tashqi ishlar vazirligi sayti orqali yoyinlangan.

Xabarnomada Armaniston yahudiylar va falastinliklar o‘rtasida uzoq muddatli tinchlik o‘rnatilishidan manfaatdor ekani qayd etilgan. Shuningdek, unda mamlakat Falastin-Isroil mojarosining “ikki davlat” tamoyili asosida hal etilishini qo‘llashi qo‘shimcha qilingan.

Biz buning falastinlik va isroilliklar o‘z mashru’ istaklarini turmushga tatbiq eta olishini kafolatlashning yagona yo‘li ekaniga aminmiz”, deyilgan bayonotda.

Shu tariqa, Armaniston Falastin davlati mustaqilligini tan olgan BMTga a’zo 148-mamlakatga aylandi.

May oyi oxirida Norvegiya, Ispaniya va Irlandiya Falastin davlati mustaqilligini tan olishlari haqida e’lon qilishgan. Isroil bu qarorni “terrorchilik uchun mukofot” deb atab, uch mamlakat elchilarini Tashqi ishlar vazirligiga chaqirgan. G‘arbiy sohil hududi ustidan cheklangan boshqaruvni amalga oshirayotgan Falastin milliy ma’muriyati bu uch mamlakat qarorini olqishlagan. Keyinroq Sloveniya ham Falastin davlatini tan olganiga oid qaror qabul qilgan edi