Asakada uch farzandning onasi o‘z joniga qasd qildi

Illyustrativ surat

Andijon viloyatining Asaka shahrida 17-iyul oqshomida 28 yoshli ayol o‘z joniga qasd qilgan.

Uch farzandning onasi bo‘lgan ayol o‘limi oldidan qoldirgan ovozli xabarida onlayn qimorda qarz bo‘lib qolgani, 15 million so‘mlik qarzni to‘lay olmasligi, qarzni to‘lagan taqdirda ham buning ortidan keladigan ta’na-dashnomlarga chiday olmasligi, shu sababdan o‘zini uyi yaqinidan oqib o‘tuvchi soyga tashlashga qaror qilganini aytib, yaqinlaridan rozi-rizolik so‘ragan.

O‘zbekistonda yirik miqdordagi pulni qimorga boy bergani ortidan erkaklarning o‘z joniga qasd qilgani bilan bog‘liq bir necha holat ma’lum, biroq ayol kishining bu sababdan o‘z joniga qasd qilishi ilk marotaba kuzatilmoqda.