BMT: Butun dunyoda chuchuk suv sifati yomonlashmoqda

Ushbu surat Afg‘onistonning Faryob viloyatidagi toza ichimlik suvi taqsimoti uchastkasida olingan (arxiv surati)

Chuchuk suv holati butun dunyo bo‘ylab yomonlashishda davom etmoqda. Bu xulosa BMTning tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislari tomonidan 28-avgust kuni e’lon qilingan hisobotda aytilgan. Hisobot BMTning atrof-muhitni himoya qilish dasturi doirasi tayyorlangan.

Fransiya xalqaro radiosi (RFI) qaydicha, jami 3,7 milliard kishi yashaydigan mamlakatlardan ma’lumot yo‘qligi uchun muammo ko‘lamini baholash qiyin. Suv sifatiga oid barcha ma’lumotlarning uch foizdan kamrog‘i eng qashshoq mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Yetarli darajadagi monitoringning yo‘qligi “2030-yilga borib sayyora aholisining yarmidan ko‘pi suv zaxiralarini boshqarish bo‘yicha qaror qabul qilish uchun zarur ma’lumotga ega bo‘lmagan mamlakatlarda yashashi”ga olib keladi, deya ogohlantirgan BMT mutaxassislari.

Toza ichimlik suvidan foydalana olish muammosi ayniqsa Afrika, Markaziy va Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida juda dolzarb bo‘lib turibdi. Bu mintaqalarda daryolar sathining pasayishi, ko‘llar yuzasining qisqarishi, suv ifloslanishining ortishi va suv zaxiralarini boshqarish yomonlashgani kabilar qayd etilmoqda.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda oqova suvning 80 foizi tozalanmagan holda atrof-muhitga oqizilmoqda.