Buxorolik tadbirkor: Prezidentni aytgani faqat quruq gap bo‘lib qolyapti

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi “Xalqaro forumlar saroyi”da tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti chog‘idagi tadbirkorlar egalik qilayotgan ko‘chmas mulk ularga xususiylashtirib berilishini va’da qilgan.

Buxorolik tadbirkor Ulug‘bek Mavlonov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 20 - avgust kuni “Xalqaro forumlar saroyi”da aytgan gaplariga ana shunday munosabat bildirdi.

Mavlonov oxirgi to‘rt yilda Mirziyoyev tadbirkorlar huquqlari va xususiylashtirish bo‘yicha qator farmon va qarorlar chiqargani, prezident tadbirkorlardan mulkni olib qo‘yishni qat’iy taqiqlash va hokimlarni jazolash haqida bergan va’dalarini eslaydi.

Tadbirkor prezidentning 20 - avgust kuni “Xalqaro forumlar saroyi”da aytgan gaplari ham unda ishonch hosil qilmagan.

“Men prezidentni kecha uchrashuvda aytgan baland-parvoz gaplariga ishongim kelmayapti. Chiqish qilyapti, lekin prezidentni qarorlar va farmonlari bajarilmayapti. Prezident aytgani bajarilmasa nima foyda.

Ishongim yo‘q. Ko‘rib turibsiz, Qonun bor ishlamayapti. Prezidentni aytgani faqat quruq gap bo‘lib qolyapti.

So‘nggi to‘rt yil ichida prezident tadbirkorlardan mulkni olib qo‘ygan hokimlarni jazolayman deb bir necha bor aytdi, lekin tortib olishlar hozir ham bo‘lyapti.

Meni zargarlik do‘konimni tortib olishgandi uch yil oldin, hozirgacha yugurib yuribman, hech bir natija bo‘lmayapti”, - deydi Mavlonov.

Tadbirkorning aytishicha, 2018 - yilda Buxoro shahrida prezident qarori bilan 2 qavatli uylarni buzib, ko‘p qavatli uylar qurilgan.

Qurilish tushgan maydonda joylashgan tadbirkorning zargarlik do‘koni buzib tashlangan.

“Peshona teri bilan ishlab, olganman, keyin remont qilganman. Buxoroning o‘sha paytdagi hokimi Kamolov Mirziyoyevni qarori deb, buzib tashladi. Biz norozi bo‘ldik. Karim Kamolov bizni qo‘rqitib, siz prezident qaroriga qarshi borasizmi degandi o‘shanda. Hozir u yerda 8 qavatli uy boshlashgan, qurilish ketyapti. Bir yil chopdim. Birinchi etajdan magazin ofis bo‘ladi, beriladi, dedi. Lekin, bermayapti. Sudga berdim, mana shu yil 4 - may oyida ochiq sud bo‘ldi, hokimiyat kelmadi. Qaror chiqardi, do‘kon berilsin deb chiqardi. Hursand bo‘ldim, “haqiqat bor ekan” deb o‘yladim. Endi shu sud qarorini bekor qilishibdi. Mana sizga adolat”, - deydi Ulug‘bek Mavlonov.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi “Xalqaro forumlar saroyi”da tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti chog‘idagi tadbirkorlar egalik qilayotgan ko‘chmas mulk ularga xususiylashtirib berilishini va’da qilgan.

"Ya’ni, bu yerni boshqa odam sotib ololmaydi, uni xususiylashtirishga faqat yer egasining o‘zi haqli bo‘ladi. Bunda yerning turiga qarab, uning joylashgan hududidan kelib chiqib, erlar imtiyozli shartlar asosida, ushbu korxonalarga xususiylashtirib beriladi", - dedi prezident Shavkat Mirziyoyev.

Buxorolik tadbirkorning aytishicha, Mirziyoyev qonun ustuvorligini ta’minlash haqida o‘z chiqishlarida ko‘p marta gapirgan, ammo amalda bu borada jiddiy qadamlar qo‘yilganining belgilarini ko‘rish qiyin.

"Men o‘z mulkimni qaytarib olish uchun har qanday mahkamada qatnashishga roziman, lekin shu paytgacha bo‘layotgan narsa sudlar bugun bunday qaror chiqaradi, sal vaqt o‘tib kimlarningdir ta’sirida qarorini o‘zgartiradi. Shumi qonun ustuvorligi", - deydi buxorolik tadbirkor.

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

“Uch qahramon”: Bozorimizni tortib olishmoqda

O‘zbekistonda bundan oldin boshqa tadbirkorlar va fuqarolar ham hokimlar hamda kuch tizimlarining o‘zboshimchaliklaridan shikoyat qilib kelishgan.