Isroil armiyasi seshanba oqshomida Eron Isroil hududini raketalardan hujumga tutgani haqida xabar tarqatdi. Isroil bo‘ylab havo trevogasi sirenalari eshitilgan. Aholi xavfsiz joylarda yashirinish haqida ogohlantirilgan.
"Bir muddat avval Erondan Isroil davlatiga qarata raketalar otildi. Qo‘mondonlik mamlakatning turli hududidagi aholini qutqarish bo‘yicha yo‘riqnoma tarqatdi. SAXAL (Isroil armiyasi-tahr.) tinch aholini himoya qilish bo‘yicha barcha choralarni ko‘rmoqda", deyiladi Isroil armiyasi tarqatgan xabarda.
Isroil mudofaa vazirligi vakilining CBS kanaliga aytishicha, AQSH Erondan Isroilga uchirilgan raketalarning bir qismini urib tushirishda ko‘mak bergan.
Reuters agentligining Oq uy Milliy xavfsizlik kengashiga tayanib xabar berishicha, prezident Djo Bayden AQSH Qurolli kuchlariga Isroilga Eron raketalaridan himoyalanishda ko‘mak berish va Isroilni nishonga olgan raketalarni urib tushirish haqida buyruq bergan.
So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Isroil harbiylari Eron hujumi to‘xtaganini ma’lum qilishgan.
Dastlabki xabarlarda talafotlar haqida ma’lumot yo‘q.