FVV: “Chorsu” bozoridagi yong‘inni o‘chirish uchun 1,5 soat sarflandi

Illyustrativ surat

28-iyunga o‘tar kechasi Toshkent shahrining Shayxontohur tumani Beruniy ko‘chasida joylashgan “Chorsu” bozor hududidagi savdo do‘konlarida yong‘in chiqqan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi bozordagi yong‘inga oid ma’lumot FVBga tungi soat 01:12 da tushgani, shundan so‘ng besh daqiqa ichida voqea joyiga 12 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borganini ma’lum qilgan.

Vazirlik qaydicha, yong‘in soat 02:22 da qurshab olingan, soat 02:47 ga borib esa to‘liq bartaraf etilgan.

Xabarnomada yong‘in natijasida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmagani urg‘ulangan.

FVV voqea joyida vaziyat to‘la nazoratga olingani, u yerga favqudodda vaziyatlar vaziri yetib borgani, vazir hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari u yerda o‘rganish ishlarini olib borayotganini qo‘shimcha qilgan.