G‘azodagi janglarda 60 chog‘li falastinlik qurbon bo‘ldi

G‘azo sektori markaziy hududining o‘qqa tutilishi va bombardimon qilishini oqibatlari

Isroillik harbiylar 16-iyul kuni G‘azo sektorining bir necha joyida falastinlik jangarilar bilan janglar olib borgan. Falastinlik vrachlar ma’lumotiga ko‘ra, G‘azoning janubiy va markaziy hududlarida isroilliklarning o‘qqa tutishi va bombardimonlari tufayli kamida 57 kishi qurbon bo‘lgan. Bu haqda Reuters agentligi xabar qildi.

Falastinning HAMAS radikal guruhi (AQSH, Britaniya va YIda terror tashkiloti deb tan olingan) Isroilni otashkesimga erishishga harakat ilayotgan arab va amerikalik vositachilar sa’y-harakatlarini barbod qilish uchun G‘azo sektori bo‘ylab zarbalarni kuchaytirganlikda ayblab chiqdi. Isroil esa G‘azoni HAMAS guruhi a’zolaridan tozalashga urinayotganini bildirmoqda.

Isroilliklar may oyidan buyon vaziyatni nazorat qilib kelayotgan G‘azo sektori janubiy chegarasidagi Rafah shahrida turarjoy binosiga berilgan aviazarbada besh nafar falastinlik qurbon bo‘lgan. Bu haqda falastinlik vrachlar ma’lum qilishgan. Rafah yaqinidagi Xon Yunus shahrida esa ikki nafar yosh bola va ularning ota-onasi o‘ldirilgan.

Seshanba kuni yana Isroil harbiylari tomonidan avtobusning nishonga olingani natijasida kamida 17 nafar falastinlik nobud bo‘ldi, 26 nafari yaralandi, deya ma’lum qildi G‘azo janubidagi tibbiyot xizmatlari rasmiy manbalari.