Gaz ittifoqi o‘rniga "Yo‘l xaritasi". Moskva o‘z rejasini boshqa nom bilan amalga oshirishga kirishdi - Eurasianet

O‘zbekiston Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va "Gazprom" rahbari Aleksey Miller. Sankt-Peterburg, 24-yanvar, 2023.

Moskvaning O‘zbekiston va Qozog‘iston bilan gaz ittifoqi tuzish g‘oyasi Markaziy Osiyo respublikalarida qarshilikka uchradi, ammo Rossiya ularning hududi orqali zangori olov tashish tashabbusidan voz kechmadi, deb yozmoqda ingliz tilidagi Eurasianet nashri.

Yevropa rus gazidan voz kechgan bir sharoitda yangi bozorlarni qidirayotgan Moskva mintaqada o‘z ambitsiyalarini amalga oshirishni boshlab yubordi.

Ostona va Toshkent avvaliga Rossiyaning uch tomonlama gaz ittifoqini ta’sis etish taklifini sovuq qarshi olishdi. Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Roman Vasilenko mamlakati "o‘z hududidan sanksiyalarni aylanib o‘tishga yo‘l qo‘ymasligi"ni ta’kidladi. O‘zbekiston Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov esa Toshkent gaz evaziga siyosiy shartlarni qabul qilmasligini bildirdi.

Ammo Eurasainet nashridagi maqola muallifi Joanna Lillis yaqinda Qozog‘iston va O‘zbekiston Rossiyaning "Gazprom" shirkati bilan "yo‘l xaritasi" imzolashganini xotirlatadi. Unga ko‘ra, "Gazprom" O‘zbekiston va Qozog‘iston uchun ikkita alohida hujjat ishlab chiqqan va hozircha uch tomonlama gaz ittifoqi haqida so‘z borayotgani yo‘q.

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

ZIMISTON-UZ. 19-qism: O‘zbek hukumati gazni Rossiyaga berganini rad etmoqda

Ammo Rossiyaning energetika masalalariga ixtisoslashgan Neftegaz.ru saytinining xabar berishicha, bu boradagi muzokaralar to‘xtamagan - ular uch davlatning aloqador vazirliklari darajasida davom etmoqda. Bu esa Rossiya o‘z rejasini boshqa yo‘l bilan va boshqa nom ostida amalga oshirishni boshlaganini anglatadi, deya xulosa qiladi muallif.

Muzlab yotgan O‘zbekiston hamon Xitoyga gaz sotyaptimi?

Olmaotada yashaydigan britaniyalik jurnalist Joanna Lillis avvalroq e’lon qilingan maqolasida O‘zbekiston Xitoyga gaz eksportini to‘xtatib-to‘xtatmagani masalasiga e’tibor qaratgan.

So‘nggi yarim asrdagi eng sovuq qishda elektr taqchilligi tufayli muzlab qolgan O‘zbekistonda titrayotgan fuqarolarning og‘zida million dollarlik savol turibdi, deb yozadi u “Eurasianet” nashridagi maqolasida.

Isitish stansiyalarini ta’minlab, odamlar uyini isitadigan gazni hukumat eksport qilmoqdami?

Rasmiylar Toshkent eng zarur mahsulotni xorijga jo‘natmaydi, deb qat’iy aytmoqda.

Arktika harorati O‘zbekiston bo‘ylab tarqalib, aholining elektr ta’minotidagi uzilishlardan noroziligi kuchaygan bir vaqtda “Gaz eksporti, jumladan, Xitoyga eksport ham 100 foizga to‘xtatildi”, dedi o‘tgan oy «O‘ztransgaz» transport kompaniyasi rahbari Behzod Normatov.

Vaziyat barqarorlashguncha, katta qismi Xitoyga ketadigan gaz eksporti tiklanmaydi deya u odamlarni ishontirishga urindi.

O‘zbekiston dekabr oyida Xitoyga roppa-rosa nolga teng gaz eksport qildi, deya ta’kidladi mamlakat statistika agentligi, bu azob chekayotgan aholi uchun xushxabardek edi.

Biroq Xitoy statistikasi boshqa narsani ko‘rsatadi: Pekin bojxona ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan oy Xitoy 40,1 million dollarlik o‘zbek gazini import qilgan. (Ma’lumotlar gaz miqdorini emas, pul qiymatini ko‘rsatadi.)

Bu ko‘zga tashlanadigan tafovutni «Gazeta.uz» nashri rasmiy statistik ma’lumotlarni tahlil qilish asosida aniqladi.

Bu sayt ikki davlat ma’lumotlari o‘rtasidagi farqlar haqida birinchi marta xabar berayotgani yo‘q. Nashr noyabr oyida Xitoy tomoni O‘zbekistondan 114,2 million dollarlik gaz import qilganini aytgani, Toshkent esa 39,6 million dollarlik eksport qilinganini ko‘rsatganini xabar bergan edi.

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

O‘zbeklar qishda isinishning ibtidoiy usullariga qaytmoqda

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekistonning Turkmanistondan Xitoyga gaz tranziti uchun olayotgan mablag‘ini ham Xitoy tomoni qo‘shib hisoblaganini aytdi.

Ammo «Gazeta.uz»ning hisob-kitoblari shuni ko‘rsatadiki, bu tushuntirish bunday katta farqni izohlash uchun yetarli emas.

Agar tranzit to‘lovlari ham Xitoy ma’lumotida qo‘shib hisoblangan bo‘lsa, nashrning qayd etishicha, Xitoyning O‘zbekistondan gaz importi bo‘yicha ma’lumotlari har oyda Turkmaniston eksporti bo‘yicha O‘zbekiston ma’lumotlaridan yuqori bo‘lishi kerak edi.

Ammo unday emas: o‘tgan yilning besh oyida O‘zbekiston gaz eksporti bo‘yicha Xitoy tomoni bergan raqamdan kattaroq raqam ko‘rsatgan edi.

Butun yil davomida Xitoy statistik ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat O‘zbekiston eksport qilganidan (910,9 million dollar) ko‘proq gaz import qilgan (1,07 milliard dollar). Bu tafovut 159 million dollardan sal ko‘proq yoki 18 foizdan ko‘proqni tashkil qiladi.

O‘zbekiston Statistika agentligi turli mamlakatlar o‘rtasidagi statistik hisobotlardagi farqni hisobga olsa, bu mutlaqo “normal, tabiiy holat” deb javob berdi.

Buni ko‘rsatish uchun u AQSh va Meksika o‘rtasidagi gaz savdosi ma’lumotlaridagi farqlar ko‘rsatilgan jadvalni nashr etdi.

Toshkent 2025-yilga borib mamlakat elektr energiyasi ishlab chiqarishi hamda neft-kimyo sanoati uchun ko‘proq gaz yetkazish uchun eksportni butunlay to‘xtatishga va’da bergan.

Ammo bu yilgi og‘ir qishdagi energetika inqirozi xalqning prezident Mirziyoyev hukumatiga nisbatan ishonchiga qanchalik zarba berishini ko‘rsatdi, deb yozadi Joanna Lillis.