Harris rasman prezidentlikka nomzodga aylanganini ochiqladi

Kamala Harris

AQSH vitse-prezidenti Kamala Harris rasman Demokratik partiyadan davlat rahbari lavozimiga nomzodga aylandi. Bu haqda u Filadelfiyadagi o‘z tarafdorlari mitingida bildirdi. AQSHda prezident saylovi 2024-yilning 5-noyabrida bo‘lib o‘tadi.

Bugun men sizning oldingizda endilikda Qo‘shma Shtatlar prezidenti lavozimiga Demokratik partiyadan rasman nomzod bo‘lganimni faxr bilan e’lon qilish uchun turibman. Bundan buyon ba’zi ishlarni qilishimiz lozim bo‘ladi. Biz umummilliy saylovga borib, unda g‘alaba qozonishimiz kerak bo‘ladi”, deya iqtibos keltirgan Kamala Harris so‘zlaridan CNN telekanali.

Avvalroq Demokratik partiya Milliy qo‘mitasi Harris prezident lavozimi uchun nominatsiyada g‘alaba qozonganini ma’lum qilgan edi. U demokratlarning 99 foiz ovozini olib, partiya nomzodlari ro‘yxati boshiga chiqqan birinchi qora tanli va osiyolik ayol bo‘lgan.

Filadelfiyadagi mitingda Harris tomonidan vitse-prezident lavozimi uchun tanlangan Minnesota gubernatori Tim Uolz ham ishtirok etgan. U “o‘ziga bildirilgan ishonch uchun” Harrisga minnatdorlik izhor qilgan. Bunga javoban AQSH prezidenti lavozimiga nomzod mamlakatni amerikaliklarning barchasi manfaatidan kelib chiqqan holda boshqarajagini va’da qilgan.

Filadelfiyadan tashqari Harris va Uolz O-Kler (Viskonsin shtati), Detroyt (Michigan shtati), Darem (Shimoliy Karolina shtati), Savanna (Jorjiya shtati), Finiks (Arizona shtati) va Las-Vegasga (Nevada shtati) tashrif buyurishadi.

AQSHning amaldagi prezidenti Jo Bayden 21-iyul kuni prezidentlik poygasida chiqqanini e’lon qilgan va Demokratik partiyadan Kamala Harrisni nomzod o‘laroq ko‘rsatishni taklif qilgan edi. Harris kampaniyasi ilk kunlariyoq rekord darajadagi 81 million iona to‘plashga muvaffaq bo‘lgan.