"Milliy tiklanish" partiyasining davlat idoralariga davlat tilida murojaat qilish taklif qilingan loyihasi parlamentda qabul qilinmadi.
O‘tgan saylovlarda Mirziyoyev nomzodini ilgari surgan Bosh vazir Aripovning iqtidordagi O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi hamda Oliy Majlisning har ikki palatasi spikerlari mansub Xalq demokratik partiyasi loyihaga qarshi ovoz berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda qonun loyihasining rad etilishi keskin tanqidlarga sabab bo‘ldi.
Qonunchilik palatasi deputatlari "Milliy tiklanish" partiyasining davlat idoralariga murojaatlar davlat tilida bo‘lsin, degan taklifini qabul qilmadi.
Partiya muhokama uchun kiritgan loyihada O‘zbekistondagi davlat idoralariga murojaatlar davlat tili - o‘zbek tilida bo‘lsin, boshqa tilda bo‘lsa davlat tiliga tarjimasi ilova qilinsin, degan talab belgilangan:
"Jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organlari va davlat muassasalari, ularning mansabdor shaxslariga davlat tilida va boshqa tillarda murojaat qilish huquqi ta’minlanadi.
Boshqa tillarda murojaat qilingan taqdirda murojaat matnining davlat tiliga tarjimasi ilova qilinishi shart.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga javoblar davlat tilida bayon qilinadi".
Bu o‘zgartirishlarni "Davlat tili to‘g‘risida"gi qonunning 13- moddasiga kiritilishi so‘ralgan.
Ammo, 27 - aprel kungi muhokamada bu loyiha 58 deputat ma’qulladi, 48 nafari qarshi bo‘ldi, 12 deputat ovoz bermadi, 5 nafari esa betaraf qoldi. Natijada, bu loyiha 65/58 nisbatda qabul qilinmadi.
Bu haqda ilk xabar qilgan "Milliy tiklanish" partiyasi rahbari Alisher Qodirov, o‘z sahifasida, Qonunchilik palatasi deputatlari tanloviga shunday munosabat bildirdi:
“Bir hamkasbimizning “bizga va farzandlarimizga o‘zbek tilini o‘rganish qiyin, biz o‘z tilimizda murojaat qilishni hohlaymiz” degan gapi ham g‘ururiga tegmagan 65 ta deputat... O‘zbek tili ojiz... Bu masalaga, o‘lmasak, 10 yildan keyin qaytarkanmiz. Hozircha uzr, ovozimiz kamlik qilyapti."
Ushbu qonun loyihasi muhokamasi davomida "Milliy tiklanish" fraksiyasi rahbari, deputat Alisher Qodirov hamda O‘zLiDeP a’zosi, deputat Rasul Kusherbayevlar o‘rtasida tortishuv ham yuzaga keldi.
Alisher Qodirov: "Hammani o‘ylash albatta yaxshi, o‘ylayapmiz ham, bu qonun loyihasida bironta boshqa millatli vatandoshlarimiz huquqini kamsitadigan norma yo‘q... lekin bu mehribonlik o‘zimizni kamsitish hisobiga bo‘lmasligi kerak" deya ta’kidladi.
Uning bu chiqishi ortidan Rasul Kusherbayev: "Masala davlat tilida ish yuritish haqida ketmoqda. Marhamat davlat ishlari bilan bog‘liq masalalarda davlat tiliga amal qilishni kuchaytiraylik. Lekin bir tilni bu mamlakatdagi barcha uchun majburiy "xalq tili"ga aylantirishdan tiyilaylik. Chunki gap davlat tili haqida ketmoqda. Davlat tili esa bitta-o‘zbek tili, xalq tili esa ko‘p".
Parlament deputatlarining bu bahsi va 27 - aprel kungi qarori ayni paytda, tarmoqlarda qig‘zin munozara uyg‘otdi.
Mustaqil jurnalist va publitsist Nozim Safariy ham qonun loyihasiga qarshi ovoz bergan deputatlarning siyosiy mansubligiga e’tibor qaratdi:
"48ta deputat bunga qarshi ovoz beribdi. Qiziq, kim ekan bu deputatlar? Qaysi saylov okrugidan saylangan? Bilaylik aynan kimlar ekanligini? O‘sha qarshi ovoz berganlar o‘zi saylagan xalqining fikrini ifoda etibdimi?"
Taniqli bloger va matematika o‘qituvchisi