Jahon banki O‘zbekistonga 100 mln dollar qarz beradi

Illyustrativ surat

Jahon banki “Aholining himoyaga muhtoj guruhlari integratsiyasi uchun ijtimoiy himoyaning innovatsion tizimi” loyihasini amalga oshirish uchun 100 million AQSH dollari miqdorida imtiyozli kredit ajratadi.

Jahon banki matbuot xizmati qaydicha, loyiha aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamidan bo‘lgan odamlar uchun ijtimoiy xizmat sifatini yaxshilashga qaratilgan.

Loyiha qo‘shimcha 2 million dollarlik grant bilan ham moliyalashtirilishi aytilgan.

O‘zbekiston Ijtimoiy himoya milliy agentligi turli davlat idoralari, nohukumat tashkilotlari va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha xalqaro hamkorlar bilan birgalikda loyihani amalga oshirish bilan shug‘ullanadi.

Loyihani amalga oshirish orqali butun mamlakat bo‘ylab mahallalar darajasida faoliyat yurituvchi 50 dan ziyod ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazlarini (ularning xizmatlari aholining eng nochor qatlamiga yo‘naltiri) barpo qilish; qariyalar, nogironlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar doxil aholining nochor qatlamidan bo‘lgan 50 mingdan ziyod fuqaroning ijtimoiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yuqorida zikr etilgan markazlar bazasida sifatli ijtimoiy va reabilitatsion xizmatlarga erishishini yaxshilash hamda boshqalar ko‘rsatkichlarga erishish ko‘zlangan.

Mazkur dastur iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xatarlardan xabardorlikni oshirish uchun qishloq joylardagi 100 ming nafar muhtoj fuqaroni qamrab olishi aytilgan.

Joriy yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, Jahon banki O‘zbekistonda 27 ta loyihani amalga oshirmoqda. Bu loyihalarning umumiy qiymati 6,07 milliard dollarga teng bo‘lib, undan 2,4 milliardi hali o‘zlashtirilgan emas.

O‘zbekiston prezidenti tomonidan tasdiqlangan 2024-yil byudjeti qonunida joriy yilda mamlakatning qarz olish limiti 5 milliard dollar darajasida belgilangan edi. Bundan 2,5 milliard dollar byudjet kamomadini yopishga, 2,5 milliard dollari esa investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishga sarflanishi aytilgan.