Kusherbayev: Bizga zakazga ishlovchi emas, mustaqil sud kerak

Sobiq deputat Rasul Kusherbayev.

2017-2020-yillarda nisbatan mustaqil bo‘lib, so‘nggi yillarda yana ortga ketayotgan sud tizimini isloh qilish haqida birorta ham siyosiy partiya dasturida shablon gaplardan bo‘lak jo‘yali taklifning yo‘qligi ajablanarli.

Bugun odil sudlov tizimimiz haqiqatda ayanchli. Odamlardagi passivlik, qo‘rquv, qonunlarga ishonchning pastligi shu bilan bog‘liq.

Nahotki siyosiy sahnaga katta maqsadlar bilan kirib, saylovchilar ishonchini qozonmoqchi bo‘layotgan partiyalarning amalda sud mustaqilligini ta’minlashga hoxishi bo‘lmasa.

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

Мирзиёевнинг янги конституцияси мулк дахлсизлигини таъминламади - собиқ депутат


Aslida odamlarga mustaqil saylov, mustaqil parlament va mustaqil sud suv va havodek zarur. Va barcha partiyalar saylovoldi plastformasini mana shu maqsad yo‘lida shakllantirishi hayotiy, odamlarga yaqinroq bo‘ladi.

Bizga zakazga ishlovchi sud emas, qonunlarni birdek qo‘llashga jur’ati yetadigan mustaqil sud kerak!

Rasul Kusherbayevning rasmiy Telegram-kanalidan olindi. Imlo saqlandi.

Tahririyatdan: OzodTarmoq ruknidagi mualliflarning nuqtayi nazari tahririyat nuqtayi nazarini aks ettirmaydi.