Malayziyalik ginekolog dunyodagi birinchi uniseks prezervativni yaratdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda. Ayollar ham, erkaklar ham ishlata oladigan prezervativ odatda jarohatlar va yaralarni davolashda ishlatiladigan tibbiy materialdan tayyorlangan.
Wondaleaf Unisex Condom nomi berilgan prezervativ muallifi o‘z ixtirosi odamlarga jinsi yoki jinsiy orientatsiyasidan qat’i nazar, jinsiy salomatligini yaxshiroq nazorat qilish imkonini berishiga umid qilmoqda.
Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди
“Umuman olganda, bu yopishqoq qoplamali oddiy prezervativ”, dedi Twin Catalyst tibbiy buyumlar firmasi ginekologi Jon Tang Ing Chin.
“Bu vagina yoki jinsiy olatga yopishuvchi, shuningdek, qo‘shimcha himoya uchun ularning atrofini qoplaydigan yopishtiruvchi qoplamali prezervativdir”, dedi Tang.
Prezervativning faqat bir tomoni yopishqoq qatlamga ega. Ya’ni, uning tegishli tomonini ochib, har ikki jins vakillari ishlata oladi.
Wondaleaf qutisi ichiga ikkita prezervativ solinadi. Bir juft prezervativ narxi 14,99 ringgit, ya’ni 3,61 dollar bo‘ladi. Malayziyada bir dona oddiy prezervativ o‘rtacha 1,6 – 3,3 ringgit turadi.
Tang prezervativlarida poliuretan materiali ishlatiladi. Poliuretan yupqa va muloyim, ammo yirtilishi qiyin va suv o‘tkazmaydigan shaffof materialdir.
Poliuretandan tayyorlangan yara plastirlari haqida Tang:
“Uni yopishtirganingizdan keyin, ko‘p holatlarda borligini his qilmaysiz”, dedi.
Tangning so‘zlariga ko‘ra, Wondaleaf bir necha bosqich klinik tadqiqotlar va sinovlardan o‘tgan. Mahsulot joriy yilning dekabr oyida firma vebsayti orqali sotuvga qo‘yiladi.
“Biz o‘tkazgan klinik sinovlar soniga asoslanib, umid qilamanki, vaqt o‘tishi bilan u kutilmagan homiladorlik va jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklar oldini olishda qo‘llaniladigan ko‘plab kontratseptiv usullarga mazmunli qo‘shimcha bo‘ladi”, dedi Tang.