Mirziyoyev avgust oyida davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga boradi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev (o‘) qozog‘istonlik hamkasbi Qasim-Jomart Toqayev (ch) bilan (arxiv surati)

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-8-avgust kunlari Qozog‘istonga davlat tashrifini amalga oshiradi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Xabarnomada Mirziyoyevning Qozog‘istonga tashrifi kun tartibidan qanday tadbirlar o‘rin olgani ochiqlangan emas.

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga so‘nggi davlat tashrifini 2021-yil oxirida amalga oshirgan edi.

Kelayotgan avgust oyida Qozog‘iston poytaxtida Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining oltinchi maslahat uchrashuvi ham bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.