Moskva birjasi dollar va yevrodagi savdoni to‘xtatdi

Illyustrativ surat

AQSH Moliya vazirligi tomonidan joriy etilgan yangi sanksiyalar tufayli Moskva birjasi dollar va yevro savdosi to‘xtatilganini e’lon qildi. Birja saytida ma’lum qilinishicha, savdolar joriy yilning 13-iyunidan boshlab to‘xtatiladi.

12-iyun kuni Moskva birjasi, Milliy kliring markazi va Milliy hisob-kitob depozitariysi AQSH Moliya vazirligining Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga bostirib kirgani munosabati bilan joriy qilgan sanksiya ro‘yxatiga kiritilgan.

AQSH Moliya vazirligi xabarnomasida yangi sanksiyalar Rossiya Mudofaa sanoatiga sarmoya yotqizishga ko‘maklashishga yo‘naltirilmish “Rossiya moliya tizimi arxitekturasi”ga qarshi qaratilgani aytilgan.

Sanksiyalar rubl konvertatsiyasining cheklanishi, Rossiyadan valyuta olib chiqish qimmatlashishi, rossiyalik eksportyorlar uchun valyutani manfaatli kursda sotish qiyinlashishiga olib keladi”, degan CEPA ilmiy xodimi Aleksandr Kolyandr The Bell nashriga.

Rossiya Markaziy banki dollar va yevrodagi savdolar birjadan tashqari maydonda amalga oshirilishini bildirgan. Rublga nisbatan rasmiy kurslarni esa MB bank hisoboti ma’lumotlari hamda birjadan tashqari savdo raqamli platformalaridan olingan ma’lumotlar asosida belgilaydi.

“Banki.ru” sayti monitoringi natijalariga ko‘ra, 12-iyun kuni Rossiyadagi bir necha bank dollarning sotilish narxini ko‘targan. Moskvadagi valyuta almashtirish shoxobchalarida 1 AQSH dollari narxi 200 rublgacha chiqqan, Rossiya Markaziy banki tomonidan belgilangan rasmiy kurs esa 89 rubldan ko‘proqni tashkil qilmoqda.