Moskvada noqulay ob-havo 2 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi

Rossiya poytaxtida 20-iyun kuni qo‘pgan kuchli shamol natijasida ikki kishi halok bo‘ldi, 10 chog‘li odam jarohatlandi. Tezkor xizmatlar ma’lumotiga ko‘ra, qurbonlardan birini parklardan birida daraxt bosib qolgan, ikkinchisi esa qurilish havozasi bilan birga qulash oqibatida vafot etgan.

Shahardagi parklar ertalabdan beri yopiq. Rasmiylar shaharliklarni ko‘chaga chiqmaslikka chaqirgan.

Kuchli shamol Moskva shahri va viloyatida payshanba kuni tush paytida boshlangan.

Hodisa guvohlari ijtimoiy tarmoqlarda kuchli shamol va jala ta’sirida qo‘porilgan va singan daraxtlar, yiqilgan reklama lavhalari va ko‘cha qurilmalari aks etmish videolarni yoyinlamoqdalar. Mintaqada quyunlar kuzatilgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Moskva vaqti bilan soat 14:00 borib noqulay ob-havo sharoiti tufayli bir bola doxil kamida 10 kishi jabrlangan.

Moskva viloyatida dovul tufayli 200 ta daraxt qulagan, 26 mashina shikastlangan, kamida bir kishi tan jarohati olgan. Bu yerda shamol tezligi soniyasiga 25 metrga yetgan.

Ob-havo keskin buzilishiga oid ogohlantiruvlar Markaziy Rossiyaning boshqa hududlari va Yevropaning boshqa mamlakatlarida ham e’lon qilingan. Kiyevda ham kuchli shamol bo‘lib, jala quyishi mumkinligi aytilgan. 21-iyun kuni dovul Chexiyaning sharqiy hududlariga ham yetib borishi taxmin qilinmoqda.