NATO rahbari Rossiyaning Shimoliy Koreya, Eron va Xitoy bilan aloqalari bilan bog‘liq tahdidlardan bahs etdi

NATO bosh kotibi Mark Ryutte

Rossiyaning Xitoy, Shimoliy Koreya va Eron bilan tobora rivojlanib borayotgan aloqalari Yevropa, Hind-Tinch okeani mintaqasi va Shimoliy Amerikaga tahdid solmoqda, deya bildirdi NATO bosh kotibi Mark Ryutte 12-noyabr kuni.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan muzokaralar oldidan Parijda chiqish qilgan Ryutte transatlantika birdamligi va Ukrainani bundan buyon ham dastaklash muhimligini urg‘uladi.

Rossiya bilan Xitoy o‘rtasidagi aloqalar haqida gapirar ekan, NATO rahbari Pekin Rossiya iqtisodiyotini, uning mudofaa sanoatini qo‘llayotgani va xalqaro maydonda uning ovozini kuchaytirayotganini qayd etdi.

Biz Ukrainani shunchaki jang maydonida dastaklashdan ko‘ra ko‘proq ish qilishimiz kerak. Biz Ukrainaga ziddiyat trayektoriyasini o‘zgartirish uchun zarur bo‘lgan yordam taqdim etish orqali Putin va uning avtoritar tahdidlari uchun bahoni oshirishimiz lozim”, deya iqtibos keltirgan Ryutte so‘zlaridan “Amerika ovozi”.

O‘z navbatida, Emmanuel Makron Ukrainaga qancha kerak bo‘lsa, shuncha yordam berilishini talab qilishda davom etishini ta’kidlagan. Fransiya prezidenti buni Ukraina uchun tinchlik muzokaralariga yagona yo‘l, deb atagan.

Shuni ochiq bayon qilishni istardimki, vaqti kelganda Ukraina bo‘yicha ukrainaliklarsiz va Yevropa bo‘yicha yevropaliklarsiz hech narsani hal qilib bo‘lmaydi”, deya qayd etgan Makron.

Reuters agentligi NATO rahbari Mark Ryuttening transatlantika aloqalari ahamiyati haqidagi so‘zlari AQSHning saylangan prezidenti Donald Trampga qaratilganiga oid taxminni ilgari surgan. Trampning yaqinda bo‘lib o‘tgan prezident saylovidagi g‘alabasi Vashington tomonidan Ukrainaning bundan buyon dastaklanishi yuzasidan Kiyev va Yevropaning boshqa poytaxtlarida turli xavotirlarni yuzaga keltirgan.