Navoiyda chaqalog‘ini 10 million so‘mga sotishga uringan ayol ushlandi

Illyustrativ surat

Navoiy viloyatining Navbahor tumanida chillasi chiqmagan chaqalog‘ini sotishga uringan ayol qo‘lga olingan.

Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, navbahorlik K. R. yaqinda tug‘ilgan farzandini 10 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan.

DXX viloyat boshqarmasi hamda tuman IIB xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida K. R. chaqalog‘ini qo‘shni mahalladagi Z. S.ga 10 mln so‘mga sotayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi”, deyilgan IIB xabarnomasida.

Qayd etilishicha, ayolga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari davom etmoqda.