O‘MI: Termizda islom instituti ochildi

Illyustrativ surat

Surxondaryo viloyati markazi Termiz shahrida Imom Termiziy nomidagi islom instituti tashkil etilgan. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

O‘MI qaydicha, Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan mazkur institutda o‘qish muddati 4 yil bo‘lib, unda bakalavr darajasidagi oliy diniy ma’lumotli hadis ilmlari, diniy fanlar va arab tili bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.

Xabarnomada Imom Termiziy nomidagi islom institutiga 2024-2025-o‘quv yili uchun qabul e’lon qilingani, o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlardan hujjatlar joriy yilning 14-avgustidan 20-avgustiga qabul qilinishi aytilgan.