O‘zbekiston bokschilari Osiyoda birinchi bo‘ldi

Illyustrativ surat

Joriy yilning 30-noyabr – 11-dekabr kunlari Tailandda bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi peshqadam bo‘ldi.

Erkaklar terma jamoasi umumjamoa hisobida 8 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini olgan bo‘lsa, ayol bokschilar 3 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat erkaklar jamoasining yangilangan tarkibi Qozog‘istonning Parijga borgan asosiy jamoasini ham, Ukrainaning kuchli tarkibini ham dog‘da qoldirgan.

Sovrindorlar (erkaklar):

Oltin medal:

• -48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev

• -51 kg: Asilbek Jalilov

• -57 kg: Mirazizbek Mirzahalilov

• -63,5 kg: Adhamjon Muhiddinov

• -67 kg: Mujibillo Tursunov

• -71 kg: Havasbek Asadullayev

• -75 kg: Javohir Ummataliyev

• -80 kg: To‘rabek Habibullayev

Kumush medal:

• -54 kg: Shahzod Muzafarov

• -86 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev

Bronza medal:

• +92 kg: Jahongir Zokirov

Sovrindorlar (ayollar):

Oltin medal:

• -48 kg: Farzona Fozilova

• -52 kg: Feruza Kazakova

• -66 kg: Navbahor Hamidova

Kumush medal:

• -54 kg: Aziza Yakubova

• -57 kg: Nigina O‘ktamova

• -75 kg: Aziza Zokirova

• +81 kg: Oltinoy Sotimboyeva

Bronza medal:

• -50 kg: Sabina Boboqulova

• -81 kg: Sohiba Ro‘zmetova.

Shu tariqa O‘zbekiston boks jamoasi turnirning umumjamoaviy bahslarida jami 20 ta medal (11 ta oltin, 6 ta kumush va 3 ta bronza) bilan birinchi o‘rinni, Qozog‘iston 20 ta medal (9 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza) bilan ikkinchi o‘rinni, musobaqa mezboni Tailand esa 9 ta medal (bundan 3 tasi oltin) bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

Parijda bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida ham O‘zbekiston eng ko‘p oltin medalni boks yo‘nalishida (Hasanboy Do‘smatov, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, Lazizbek Mullajonov, Abdumalik Xalokov va Bahodir Jalolov) qo‘lga kiritgandi.