O‘zbekiston TSAsida Xitoy va Rossiya hissasi qariyb tenglashdi

Joriy yilning birinchi yarmida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida Xitoyning hissasi 18,5 foizni, Rossiya hissasi esa 18,1 foizni tashkil qilgan. Shu tariqa, bu ikki davlat hamon O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkorlari bo‘lib qolmoqda.

Statistika agentligi ma’lumotiga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston jahonning 186 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib, tashqi savdo aylanmasi hajmini 31,8 mlrd AQSH dollariga yetkazgan.

O‘tgan yarim yil mobaynida TSAdagi eksport ulushi 13 milliard dollarni (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5,5 foizga ko‘p), import ulushi esa 18,8 milliard dollarni (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10,6 foizga ko‘p) tashkil qilgan.

Xitoy va Rossiyadan tashqari birinchi yarim yillikda O‘zbekistonning Qozog‘iston bilan oldi-berdisi 6 foizga, Turkiya bilan 4,5 foizga, Janubiy Koreya bilan esa 3,4 foizga yetgan.