O‘zbekistonda jamoat transportiga soliq imtiyozi bekor qilinadi

Illyustrativ surat

O‘zbekistonda 2025-yil 1-yanvardan boshlab yo‘lovchilarni shahar jamoat transporti va shahar atrofi poyezdlarida tashish uchun soliq imtiyozlari bekor qilinadi.

O‘zbekiston prezidenti 18-sentyabr kuni imzolagan ayrim soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qilishga oid farmonda shunday talab ko‘zda tutilgan.

Hozirda jamoat transporti va shahar atrofi poyezdlarida tashish xizmatlari qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha 12 foizlik imtiyozdan foydalanadi.

Yangi yildan yagona tariflar asosida yo‘lovchi tashuvchi jamoat transporti korxonalari QQSni to‘lay boshlaydi. Yana ikki turdagi soliq imtiyozi tugatiladi.

Ekspertlar soliq imtiyozlarining bekor qilinishi jamoat transport tariflariga ta’sir etishini aytmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yil 1-apreldan e’tiboran dori vositalari, suv, issiqlik ta’minoti, kanalizatsiya va boshqa tovar, xizmatlar uchun QQS imtiyozi tugatilgan, bu esa ularning narxida aks etgan edi.