Putin Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha o‘z shartlarini ochiqladi

Vladimir Putin

Ukraina o‘z qo‘shinlarini Donetsk, Lugansk, Zaporojye va Xerson viloyatlaridan o‘z qo‘shinlarini to‘liq olib chiqib ketib, NATOga a’zo bo‘lishdan voz kechishi bilan Rossiya o‘t ochishni to‘xtatib, tinchlik muzokaralariga kirishishga tayyor bo‘ladi. Bu bayonot Rossiya prezident Vladimir Putin tomonidan Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati bilan 14-iyun kuni o‘tkazilgan uchrashuvda berildi.

Putinga ko‘ra, urush to‘xtashi uchun anneksiya qilingan Qrim Rossiyaniki deb tan olinishi, Ukraina neytral va yadrosiz maqomda bo‘lishi, Rossiyaga nisbatan kiritilgan xalqaro sanksiyalar bekor qilishini lozim.

Bu shartlar qabul qilingan taqdirda, Putinning aytishicha, Rossiya o‘t ochishni “zudlik bilan” to‘xtatadi. Buni aytar ekan, Putin Rossiya “yana bir konkret, tom ma’noda tinchlik taklifi”ni o‘rtaga tashlayotganini iddao qildi.

Agar Kiyev va G‘arb poytaxtlarida bu taklifdan bosh tortishsa, bu ularning ishi, qon to‘kilishi davom etishi uchun ularning siyosiy va axloqiy mas’uliyatidir”, deya qo‘shimcha qilgan Putin.

Rossiya prezidentining bu bayonoti Shveysariyada tinchlik sammiti ochilishi arafasida yangradi. Mazkur sammitda Ukraina tomonidan taklif etilgan tinchlik formulasi muhokama qilinadi. Unda Rossiya qo‘shinlarini Ukrainaning 1991-yildagi chegaralaridan tashqariga olib chiqib ketish ko‘zda tutilgan.