Qozog‘iston: Sobiq masjiddagi portlashda uch kishi nobud bo‘ldi

Illyustrativ surat

Qozog‘istonning Aqmola viloyati Qshrg‘aljin tumanidagi Sabindi qishlog‘ida hordiq kuni sobiq masjid binosida gaz portlagan. Hodisa sodir bo‘lgan paytda, ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, xudoyi o‘tkazilayotgan bo‘lgan.

Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi qaydicha, portlash oqibatida uch kishi halok bo‘lgan, yana 16 kishi turli darajada tan jarohatlari olishgan.

46 yoshli erkak, 41 yoshli ayol va 12 yashar bolaning jasadi bino vayronalari ostidan topilgan. Jarohatlanganlarning hammasi Ostonadagi kasalxonalarga yetkazilgan. Voqea joyida qutqaruvchilar, tibbiyot xodimlari, kinolog va psixologlar ish olib borishgan.

FVV portlashga gaz-havo aralashmasi sabab bo‘lganini ma’lum qilgan. Binodan oltita gaz balloni olib chiqilgan.

Aqmola viloyati Favqulodda vaziyatlar departamenti ma’lumotiga ko‘ra, hodisa sodir bo‘lgan joyda tezkor shtab ish olib bormoqda.