Qozog‘istondagi avtohalokatda o‘zbekistonlik yo‘lovchi vafot etdi

Illyustrativ surat

Qozog‘istonning Atirau viloyatida uch avtomobil ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi chog‘ida 51 yoshni qoralagan o‘zbekistonlik qurbon bo‘lgan.

“Aq Jayiq” nashri xabariga ko‘ra, mazkur avtoavariya Atirau – Dossor yo‘lida 15-iyun kuni tonggi soat 6:30 larda ro‘y bergan.

Qayd etilishicha, KamAZ, PAZ va Nexia rusumli avtomobillar to‘qnashgani oqibatida Nexia mashinasida kelayotgan o‘zbekistonlik yo‘lovchi voqea joyida jon bergan.

YTH qurbonining jasadi vataniga yo‘llanganmi-yo‘llanmaganmi - bu haqda hozircha biror rasmiy ma’lumot yo‘q. O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi saytida ham, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ham bu haqda xabar berilgan emas.