"Quyosh" instituti va quvg‘indagi yulduzlar. Morgenshtern Toshkentda olingan yangi klipini namoyish qildi

Morgenshtern – Alisher Valiyev, Boshqirdiston Respublikasi poytaxti Ufa shahrida tug‘ilgan, rossiyalik mashhur san’atkorlardan biri.

Rossiyalik qochqin reper Morgenshternning so‘nggi klipi odatdagidek so‘kish bilan boshlanadi.

Senzura va Ukrainadagi urush musiqa biznesini bo‘g‘ib qo‘yayotgan bir paytda, uning O‘zbekistonda suratga olingan “Qora rus” klipi rossiyalik musiqachilar va Markaziy Osiyo ijodkorlari o‘rtasidagi hamkorlikning navbatdagi namunasidir.

Moskvaning Ukrainaga tajovuzi manzarasida rossiyalik yulduzlar bilan har qanday madaniy aloqa Markaziy Osiyoda ham bahslarga sabab bo‘lishi mumkin.

Ammo Morgenshternning internetda 6 milliondan ortiq odam ko‘rgan so‘nggi videosi mahalliy iste’dodlar va turizmga chanqoq O‘zbekistonda diqqatga sazovor joylar uchun yaxshi reklama bo‘lishi mumkin.

Morgenshtern – Alisher Valiyev, Boshqirdiston Respublikasi poytaxti Ufa shahrida tug‘ilgan, rossiyalik mashhur san’atkorlardan biri.

Lekin u hozir Rossiyada xush ko‘rilmayapti.

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

“Финист-Сарлочин” “Илҳом” театрида

Kremlning Ikkinchi Jahon urushidagi g‘alabani nishonlashdagi ortiqcha hashamatini tanqid qilganlikda ayblangani uchun 2021-yil oxirida Morgenshtern Moskvadan qochdi.

Bir yil o‘tib u Moskvaning Ukrainaga asossiz bosqinidan so‘ng urushga qarshi qo‘shiq kuyladiyu, unga eshiklar yopildi.

2022-yil may oyida siyosiy faoliyati uchun uni “xorijiy agent” deb e’lon qilishdi.

Ammo u O‘zbekiston Fanlar Akademiyasiga qarashli Sovet davrida qurilgan Quyosh fizikasi institutida klip oldi.

Morgenshtern so‘nggi bir yil ichida begona yurtlarga borib qolgan yagona rus san’atkori emas.

21 yoshli Danya Miloxin ham «Qora rus»da chiqadi, klip oxirida u Morgenshternga bazukadan o‘q uzgani tasvirlangan.

Miloxin Rossiyada keng auditoriyaga ega TikTok shousining boshqa ishtirokchilari bilan birga Ukraina urushi boshlanganidan keyin Rossiyadan ketgan.

U Qozog‘istonning eng yirik shahri Olmaotaga o‘rnashib, u yerda qozoq maktabida o‘tgan «Bitiruv» oqshomi haqida klip oldi.

O‘tgan hafta Miloxin ijtimoiy tarmoqlarda yaqinda Moskvaga qaytganini ko‘rsatgan fotosuratlarni joylashtirdi.

Morgenshterning yangi klipida qozog‘istonlik yulduzlar suratga tushgan.

Yulduzlar ishtirokidagi kadrlar

Siyosiy jihatdan ziddiyatli chiqishlar qilgan Morgenshtern avvalroq Ikkinchi jahon urushi xotiralari haqidagi izohlari uchun uzr so‘ragan bo‘lsa ham, kech edi.

Tergov qo‘mitasining qudratli rahbari Aleksandr Bastrikin o‘z agentligi allaqachon ishni tergov qilayotganini aytdi va qo‘shiqchi ijtimoiy tarmoqlarda giyohvandlikni targ‘ib qilgani uchun tergov qilinishi mumkinligiga ishora qildi. Bu tahdid keyinchalik rasmiy ayblovga aylandi.

Birlashgan Arab Amirliklariga o‘rnashgan Morgenshtern «Uy» nomli videosida Bastrikinga javob bergan ko‘rinadi.

“La’nati, bu yolg‘on, men ijtimoiy tarmoqlarda sotadigan yagona narsa o‘zimman, jin ursin”, deb kuylaydi u klipda.

Bu klip YouTube’da 26 million marta ko‘rildi.

“Qora rus” klipida qozog‘istonlik ikki taniqli aktyor Sharip Serik va Jenis Omarov va Instagram’da nom qozongan, hozirda doner kabob tarmog‘i yuziga aylangan komediyachi Jeka Fatbelli suratga tushgan.

Klipning bir joyida politsiya formasini kiygan Serik qo‘shiqchiga behayo so‘zlar aytib, Morgenshternga kalla qo‘yib, katta mushtlashuvga sabab bo‘ladi.

O‘tib ketayotgan qozoq Omarovni ko‘rib, Serik: “Ey, baqaloq, sen ham shu yerdamisan?” deydi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi millionlab obunachilari borligini hisobga olsak, Omarov va Serikning ishtiroki arzonga tushmagan.

"Qora rus" klipi uchun qatnashchilar ro‘yxatidan bu klip Morgenshternning hozirgacha eng qimmat kliplaridan biri bo‘lgan deb taxmin qilish mumkin.

Toshkentda joylashgan Abstract Visuals studiyasi videoni yaratishda yordam berdi.

Biroq, videoning haqiqiy yulduzlari u tasvirga olingan joylardir.

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

“Аввал халқнинг тузини оқланг!” – тармоқлар Путинга қуллуқ қилган Норбаева ҳақида

"Morgenshtern qiziq emas"

Toshkent yaqinidagi Quyosh fizikasi instituti 10 000 dan ortiq mayda oynalar bilan o‘ralgan quyosh tadqiqot markazi bo‘lib, uni Atlas Obscure veb-sayti "ilmiy fantastik asarlardagi manzaraga o‘xshaydi", deb ta’riflaydi.

Ukrainadagi urushga xoh tarafdor bo‘lsin, xoh qarshi – rossiyalik qo‘shiqchilarning Markaziy Osiyo mamlakatlarida konsertlari bekor qilinmoqda va Morgenshtern ham bundan mustasno emas.

Uning Rossiyaning ittifoqchisi Qirg‘iziston poytaxti Bishkekdagi konsertda bo‘lishi joriy yil yozida “Rossiyada Morgenshternga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani uchun” nomaqbul deb topildi, dedi Qirg‘iziston madaniyat vaziri Oltinbek Maqsutov.

Xuddi shu vaqtda Qozog‘istonning Qunayev kurort shahrida 60 yoshli estrada xonandasi Grigoriy Lepsning konserti ijrochining urushni qo‘llab-quvvatlovchi chiqishlari tufayli bekor qilingan edi.

Aksincha, toshkentlik bloger Nikita Makarenkoga ko‘ra, Morgenshternning videosi hozircha O‘zbekistonda umuman muhokamaga sabab bo‘lmagan va u haqida "Gazeta.uz" xususiy yangiliklar saytidagi maqola "hech qanday qiziqish uyg‘otmagan".

"Hech qanday munosabat bo‘lmadi. Blogerlarning hech biri yozmadi. Men ham betarafman. U va uning faoliyati meni qiziqtirmaydi", dedi Makarenko.