Roskomnadzor Runetni ihotalash bo‘yicha mashqlar o‘tkazadi

Roskomnadzor dekabr oyida Runetni jahon tarmog‘idan uzish bo‘yicha mashqlar o‘tkazadi. Bu haqda Rossiya Markaziy banki o‘z nazorati ostida bo‘lgan shirkatlarga yo‘llagan xatida ma’lum qilgan, deya xabar qildi mazkur xat mazmuni bilan tanishgan “Kommersant’” nashri.

Xatda mashqlar “alohida olingan mintaqalar” hududida bo‘lib o‘tishi aytilgan. Roskomnadzor matbuot xizmati vakillari “Kommersant’”ga jadval asosidagi bu kabi mashqlar har yili o‘tkazilishini va oddiy foydalanuvchilarda aks etmasligini bildirishgan. Ular mashqlar o‘tkazilishidan maqsad Runetning “qasdan tashqi ta’sir bo‘lgan taqdirda xorijdagi va Rossiyadagi asosiy servislarga ulana olish imkoniyatini ta’minlash”ga hozirligi tekshirish ekanini aytishgan.

Mashqlar chog‘ida aloqa operatorlari bilan birgalikda “Internet” tarmog‘ining Rossiya segmenti xorijdan turib qasdan o‘chirilgan taqdirda uning o‘rnini bosuvchi asosiy infratuzilma ishining samaradorligi aniqlanadi hamda ishi xorijda joylashgan aloqa tarmoqlaridagi servislar, kutubxonalar va boshqa resurslar bilan aloqaga bog‘liq bo‘lgan axborot tizimlari aniqlanadi”, deya bildirishgan nashrga Roskomnadzor matbuot xizmatidan.