Ichki iqtisodiy muammolar Pekinning mintaqaga eksportini sekinlashtirishi mumkin. Aftidan, Kreml Markaziy Osiyo bilan savdoda Xitoydan keyin ikkinchi bo‘layotganini qabul qilolmayotgandek, deb yozmoqda Eurasianet nashri.
Bu ayniqsa, aprel oyi oxirida Toshkentda o‘tkazilgan savdo-sanoat ko‘rgazmasida yaqqol namoyon bo‘ldi. Rossiya savdo vakili o‘rinbosari Igor Kaminin ko‘rgazmadagi chiqishida, Rossiya va Xitoy o‘zbek rahbarlari nazarida «savdo aylanmasida teng ulushga ega teng sheriklar» ekanini ta’kidladi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi.
Kamininning fikri tom ma’noda haqiqatdan yiroq. U Rossiya va Xitoyni tenglashtirar ekan, 2030-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy maqsadlarni tilga oldi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Moskva va Pekin bilan yillik savdo aylanmasini 20 milliard dollargacha oshirishga umid qilmoqda.
Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди
O‘tgan yili O‘zbekiston-Rossiya tovar ayirboshlash hajmi 9,8 milliard dollarni tashkil etdi, bu O‘zbekiston-Xitoy umumiy savdo aylanmasi 13,7 milliard dollardan deyarli 30 foizga kam degani.
O‘zbekiston rasmiy manbalariga ko‘ra, joriy yilda Xitoy o‘zaro savdoda yetakchilik qilmoqda. 2024-yilning birinchi choragida Xitoy bilan o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 3,01 milliard dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, Rossiya bilan 2,5 milliard dollarlik ko‘rsatkich qayd etildi. Mavjud tendensiya yil oxirigacha saqlanib qolsa, O‘zbekistonning Rossiya bilan o‘zaro savdo hajmi saqlanib qolgan holda, Xitoy bilan tovar aylanmasi pasayishini kutish mumkin.
Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди
O‘zbekiston Rossiya-Xitoy mintaqaviy savdo raqobatida yagona anomaliya emas. 2023-yilgi rasmiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy Markaziy Osiyoning besh davlati bilan savdo aylanmasi bo‘yicha Rossiyadan o‘zib ketgan.
Maqola originali bilan mana bu link orqali tanishishingiz mumkin.