Rossiyada migrantlarni badarg‘a qilish bo‘yicha moddalar ko‘payadi

Illyustrativ surat

Rossiya Ichki ishlar vazirligi xorijliklarni mamlakatdan badarg‘a qilish bo‘yicha Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksiga yana 20 ta modda kiritishni taklif qilmoqda. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, xorijliklar Rossiya hududida yiliga 235 mingga yaqin ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishadi.

Vazirlik ma’muriy kodeksga kiritishni taklif qilayotgan 20 ta moddaning aksariyati jamoat tartibi va xavfsizligi sohasidagi huquqlarni muhofaza qilishga, shu jumladan ekstremizm ko‘rinishlariga qarshi kurashishga qaratilgan.

Bu xorijlik fuqarolarning Rossiyadan majburan chiqarib tashlash tezkorligini oshirishga imkon beradi”, deyilgan xabarnomada.

IIV ma’lumotlariga ko‘ra, migrantlarga nisbatan ma’muriy bayonnomalarning katta qismi jamoat xavfsizligi va huquq-tartibotga xavf solinishi bo‘yicha huquq-tartibot idoralarining qonuniy talablariga bo‘ysunmaslik bilan bog‘liq xatti-harakatlar uchun tuzilgan.

Taklif etilayotgan qonun loyihasida ma’muriy jazolashning preventiv funksiyasini kuchaytirish maqsadida migratsiya tartib-qoidalarini buzgan jismoniy shaxslar uchun ma’muriy jarimalar miqdorini oshirish ham ko‘zda tutilmoqda.

Rossiyada noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash Moskva viloyatidagi “Krokus Siti Xoll”da mart oyida sodir etilgan terakt ortidan kuchayib ketgan. Rossiyalik rasmiylar mazkur terror xurujining amalga oshirilishida bir necha tojikistonlik gumonlashmoqda.

Rossiyada migrantlarga qarshi kayfiyat kuchayishi manzarasida o‘zbekistonliklar doxil Markaziy Osiyodan bo‘lgan mehnat muhojirlari mamlakat hududiga kirishda uzoq muddatli tekshiruvlardan o‘tayotgan haqida Ozodlik avvalroq xabar qilgan edi.