Telegram asoschisi Pavel Durov prezident Mirziyoyevning kuyovi Otabek Umarov bilan uchrashdi

Telegram asoschisi Pavel Durov prezident Mirziyoyevning kenja kuyovi Otabek Umarov bilan (Otabek Umarov TG-sahifasidan olingan fotosurat)

Telegram asoschisi Pavel Durov O‘zbekistonga safari chog‘ida mamlakat prezidentining prezident davlat xavfsizlik xizmati rahbari o‘rinbosari va Mirziyoyevning kenja kuyovi Otabek Umarov bilan uchrashgan. Bu haqda Otabek Umarov o‘z telegram-kanali orqali ma’lum qildi.

Mamlakatimizda ushbu xizmatga alohida iliq munosabat bildiriladi, chunki Telegram biz uchun shunchaki birinchi raqamli messenjerdan kattaroq narsadir”, deb yozgan Otabek Umarov o‘zi uchun “Pavel [Durov] va uning yaqinlarini mehmondo‘st O‘zbekiston zaminida qabul qilish haqiqiy sharafga aylangan”ini urg‘ulagan.

Umid qilamizki, Toshkent, Buxoro va Samarqand shaharlari qoldirgan taassurotlar hamda Telegram foydalanuvchilari bilan muloqot ularga yangi texnologik yechimlarni yaratishga ilhom beradi”, deya qo‘shimcha qilgan prezident davlat xavfsizlik xizmati rahbari o‘rinbosari Otabek Umarov.

Avvalroq mahalliy matbuotda Pavel Durov o‘z jamoasi bilan Toshkentga O‘zbekistonda TON kriptovalyutasini mashru’lashtirish masalasini hal qilish hamda milliy to‘lov tizimlariga integratsiya qilingan Telegram-bankni ochish masalasini muhokama qilish uchun kelayotgani haqida xabar paydo bo‘lgan edi. Durovning bu masalalarni o‘zbek rasmiylari bilan muhokama qilib-qilmagani, agar muhokama qilingan bo‘lsa, qanday kelishuvlarga erishilgani haqida biror-bir ma’lumot yo‘q.

Durovning O‘zbekistonga tashrifi arafasida mahalliy matbuotda kriptoaktivlar noqonuniy aylanmasida ayblangan toshkentlik va surxondaryolik yigitlar 10 sutkadanga qamalgani haqida xabarlar chiqqan edi.