TIV: O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi yopilmagan

Illyustrativ surat

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi faoliyatini odatiy rejimda davom ettirmoqda va yopilmagan. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Kun.uz so‘roviga javoban ma’lum qilgan.

Biroq mavjud vaziyatdan kelib chiqib, respublika fuqarolari doimiy ogohlikka chaqirib kelinmoqda”, degan TIV vakili.

Avvalroq Kiyevdagi AQSH, Ispaniya, Italiya va Gretsiya elchixonalari 20-noyabrda Rossiya tomonidan amalga oshiriladigan ommaviy hujum ehtimoli sabab faoliyatini to‘xtatgani e’lon qilingan edi.

Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Ozarbayjon ham Ukrainadagi o‘z fuqarolarini imkon qadar mamlakatni tark etishga chaqirgan.

Rossiya Ukraina hududiga bostirib kirgan 2022-yil 24-fevraldan buyon deyarli har kuni tinch aholi vakillari ustiga raketa va dron yog‘dirmoqda. So‘nggi kunlarda esa Kiyevga qarshi hujumlar ortishi haqida xabarlar tarqalgan.