Tojikistondagi zilzila ta’siri Surxondaryo viloyatida sezildi

Joriy yilning 8-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:04 da Tojikistonda sodir bo‘lgan 4 magnitudali zilzila ta’siri O‘zbekistonning Surxondaryo viloyati hududida ham sezilgan.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring respublika markazi ma’lumotiga ko‘ra, zilzila markazi janubi-g‘arbiy yo‘nalish bo‘yicha Toshkent shahridan 393 kilometr uzoqlikda bo‘lgan.

Yer silkinishi kuchi Surxondaryoning Sho‘rchi tumanida 2-3 ball, Uzun, Qumqo‘rg‘on va Oltinsoy tumanlarida esa 2 ballga teng bo‘lgan.