Toliblar Afg‘onistonda poliomiyelitga qarshi emlovni to‘xtatib qo‘yishdi

Illyustrativ surat

Afg‘onistonda hokimiyat tepasida o‘tirgan va dunyodagi ko‘plab mamlakatlarda terror tashkiloti deb topilgan “Tolibon” harakati bolalarni poliomiyelitga qarshi emlov jarayonini to‘xtatib qo‘ygan. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumot tarqatdi.

Afg‘oniston va unga qo‘shni bo‘lgan Pokiston o‘lim bilan tugashi ehtimoli bor bu kasallik yoyilishini to‘xtatish imkoni bo‘lmagan ikki mamlakat bo‘lib hisoblanadi. Aftidan, toliblar qarori mintaqadagi va uning xorijidagi boshqa mamlakatlar uchun ham jiddiy oqibatlarga sabab bo‘ladi, deb yozgan Associated Press agentligi.

Afg‘onistonda poliomiyelitga qarshi emlash to‘xtatib qo‘yilganiga oid xabarlar sentyabr oyidagi emlov kampaniyasi manzarasida kelib tushgan. Toliblarning bunday qarorga nima sababdan kelgani ochiqlangan emas. Ommaviy axborot vositalari bu borada “Tolibon” vakillaridan izoh olisholmagan.

Joriy yilda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Afg‘onistonda poliomiyelitga oid 18 ta holatni tasdiqlagan. O‘tgan yili kasallik yuqtirib olinishi bilan bog‘liq oltita holat qayd etilgan.

JSST Afg‘onistonda emlov o‘tkazilmayotgani aholi migratsiyasi yuqoriligi sababli Pokiston uchun xavf tug‘dirishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

Pokiston Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Associated Press axborot agentligi bilan suhbatda, agar emlov kampaniyasi muntazam va o‘zaro muvofiqlashtirilgan holda olib borilmasa, poliomiyelit virusi har ikki mamlakatda tarqalib, bolalarni nobud qilishda davom etishini qayd etgan.