Indoneziyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Sunario Kartadinata Toshkentda vafot etdi.
Indoneziyaning Toshkentdagi elchixonasi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, janob Kartadinata 13-iyun oqshomida vafot etgan. Xabarnomada elchi o‘limiga nima sabab bo‘lganiga aniqlik kiritilgan emas.
74 yoshni qoralagan professor Sunario Kartadinata Indoneziyaning O‘zbekistondagi elchixonasiga 2019-yildan buyon rahbarlik qilib kelayotgan edi. U bir paytning o‘zida Indoneziyaning Qirg‘izistondagi elchisi vazifasini ham bajarib kelayotgan edi.