Toshkentda maktab fondi uchun pul to‘plagan o‘qituvchi ishdan olindi

Illyustrativ surat

Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi 257-maktab o‘qituvchisi N. N. maktab fondi uchun o‘quvchilardan pul yiqqani uchun ishdan bo‘shatilgan. Bu haqda Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Avvalroq mahalliy nashrlar poytaxtdagi 257-maktabda ota-onalardan majburiy ravishda 25 ming so‘mdan pul yig‘ilayotgani haqida xabar qilishgan. Bu ma’lumot Toshkent shahar MMTB ishchi guruhi tomonidan o‘rganilgan.

Boshqarma qaydicha, holat tasdiqlangani ortidan maktab ma’muriyati “noqonuniy xatti-harakatni sodir etgan” o‘qituvchi N. N. bilan tuzilgan shartnomani bekor qilgan.