Tramp AQSH Davlat kotibi lavozimiga Marko Rubio nomzodini ko‘rsatdi

Marko Rubio

AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp AQSH Davlat kotibi rahbari lavozimiga Florida shtatidan senator bo‘lgan Marko Rubio nomzodini ko‘rsatdi. Bu haqda Trampning o‘tish davri komandasi tomonidan tarqatilgan bayonotda aytilgan, deya xabar qildi Associated Press agentligi.

U xalqimizning kuchli himoyachisi, ittifoqchilarimizning sodiq do‘sti va dushmanlarimiz oldida hech qachon chekinmaydigan dovyurak jangchi bo‘ladi”, deya iqtibos keltirgan agentlik Tramp bayonotidan.

Rubio Senatda razvedka bo‘yicha qo‘mita rahbarining o‘rinbosari lavozimini egallab keladi. U xalqaro aloqalar bo‘yicha qo‘mita a’zosi hamdir. Rubio Xitoy, Kuba va Eronning ashaddiy tanqidchisi bo‘lib hisoblanadi.

Senator Kongressda aprel oyida qabul qilinmish Ukrainaga 61 milliard dollar miqdoridagi harbiy yordam paketiga qarshi ovoz bergan 15 nafar respublikachining biri bo‘lgan. Ayni paytda sentyabr oyida Rubio Rossiya tomonida emasligini, biroq o‘zaro jang qilayotgan tomonlar o‘rtasida muzokaralar tarafdori ekanini bildirgan.

AQSH Milliy razvedkasi direktori lavozimiga Tramp Kongress Vakillar palatasining Gavayi shtatidan bo‘lgan sobiq a’zosi Tulsi Gabbard nomzodini taklif qilgan. Avvalroq u Demokratik partiya a’zosi bo‘lib, 2020-yildagi prezidentlik kampaniyasida ishtirok etgan, keyin esa respublikachilarni dastaklay boshlagan.

Gabbard demokratlarni urushni cho‘zayotganlikda ayblab va Kiyevga qurol-aslaha yetkazib berilayotganini qoralab, prezident Jo Baydenning Ukraina bo‘yicha siyosatini tanqid qilib kelgan.

Bosh prokuror lavozimiga saylangan prezident Floridadan bo‘lgan kongressmen Mett Gets nomzodini ilgari surgan.

U jinoiy tashkilotlarni yo‘q qiladi va amerikaliklarning Adliya vazirligiga nisbatan ancha putur yetgan ishonchini qayta tiklaydi”, deya urg‘ulagan Tramp.

AQSHning saylangan prezidenti o‘z ma’muriyatida mudofaa vaziri sifatida Fox News sharhlovchisi va armiya faxriysi Pit Xegsetni ko‘rishni istashini bildirgan. Trampga ko‘ra, u Pentagonning amaldagi “progressiv” rahbariyatiga qarshi chiqishlar qilib keladi.