Tramp Harris bilan ikkinchi debatdan bosh tortdi

Tramp va Harrisning ilk debatidan lavha, 2024-yil 10-sentyabri

Respublikachilar partiyasidan AQSH prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Kamala Harris bilan ikkinchi televizion debatda ishtirok etishdan bosh tortganini ochiqladi. Bu haqda xabar qilgan Reuters agentligi so‘rov natijalariga tayangan holda, teletomoshabinlarning ko‘pchiligi 10-sentyabr kuni Ey-bi-si telekompaniyasi tomonidan yoyinlangan ilk debatning g‘olibi o‘laroq Harrisni ko‘rsatganini qayd etgan.

Nielsen tadqiqot markazi ma’lumotlariga ko‘ra, debatlarni 67 million nafar amerikalik tomoshabin kuzatib borgan. Raqiblar uchrashuvi yakunlanganidan keyin Harris saylovchilar bilan uchrashib, uning fikricha, respublikachilar saylovchilar oldida yana bitta debatga “qarzdor” bo‘lib qolganini aytgan. Seshanba kungi debatlar tugashi bilanoq Harrisning saylov shtabi Demokratik partiyadan nomzodning respublikachilardan nomzod bilan yana bir marta debat qilishga tayyor ekanini e’lon qildi. Ilk debatgacha Kamala Harris bunday istagi borligi aytgan emas.

Tramp internetdagi o‘z obunachilariga debatda g‘alaba qozonganini bildirgan bo‘lsa-da, so‘rov o‘tkazuvchi bir necha agentlik Harris debatlarda o‘zini Trampdan ko‘ra yaxshiroq ko‘rsatganini qayd etgan.