Tramp saylovchilar ovoz berishiga ko‘ra 312 ta ovoz yig‘di

Donald Tramp

Qo‘shma Shtatlardagi Saylovchilar hay’ati noyabr oyida bo‘lib o‘tgan saylovga muvofiq ravishda Donald Trampga ovoz berishgan.

CNN xabariga ko‘ra, respublikachi Tramp 312 ta, uning raqibi – Demokratik partiya tamsilchisi Kamala Harris esa 226 ta ovoz olgan. Prezidentlikka saylanish uchun Saylovchilar hay’atining 538 ta ovozidan 270 tasini yig‘ish lozim edi.

Ovozlar har bir shtatdagi saylov natijalariga qat’iy rioya qilingan holda berilgan.

Saylovchilar hay’ati bir joyda to‘planmaydi – ovoz berish har bir shtatda alohida-alohida o‘tkaziladi. CNN bu gal ham o‘tgan safargi saylovda bo‘lgan kabi saylov natijasiga qarshi chiqqan saylovchi bo‘lgan emas.

Kongress Trampni 6-yanvar kuni rasman g‘olib deb e’lon qiladi, 20-yanvar kuni esa saylangan prezident qasamyodga keltiriladi. Bu Donald Tramp uchun ikkinchi prezidentlik muddati bo‘ladi. U 2017-2021-yillarda ham AQSH prezidenti vazifasini bajargan.