Turkiyada sovuq qurolli hujumchi besh kishini yaraladi

Illyustrativ surat

Turkiyaning Eskishehir shahrida pichoq va bolta bilan qurollangan shaxs hujumi natijasida besh kishi jabrlandi. Bu haqda Turkiyaning Cumhuriyet gazetasi xabar qildi.

Hujum chog‘ida jarohat olganlar kasalxonaga yetkazilgan – ulardan ikki nafarining ahvoli og‘irligi aytilmoqda.

Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, politsiya bo‘limiga olib ketilgan, hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Eskishehirdagi hujumda 18 yashar yigit gumonlanyapti. Eskisehir nashrining yozishicha, hujumchi harbiy kompyuter o‘yinidagi personaj kiyimini kiyib olgan edi. U ko‘zoknak va niqob taqqan, boshiga shlem, egniga esa zirhli kamzul kiyib olgan, ko‘ksida esa natsistlar nishoni bo‘lgan.

Tasodifiy yo‘lovchilarga hujumni u shlemiga o‘rnatilgan kamera orqali jonli efirga uzatib turgan. Hodisa videoyozuvini hali ham X ijtimoiy tarmog‘ida ko‘rish mumkin.