Ukrainada jang qilgan sobiq mahbus yana qamaldi

Illyustrativ surat

Rossiyada qamoqxonadan urushga jalb qilingan sobiq mahbuslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni 2023-yil boshidan beri oshgani qayd etilmoqda.

Rossiya sudi 29-iyul kuni sobiq mahbus Vladimir Shcherbakovni o‘tgan yili Ukrainadagi urushdan qaytgach, 82 yoshli kampirni kaltaklab o‘ldirib, uyini talon-toroj qilganlikda aybdor deb topgan va 9 yilga ozodlikdan mahrum qilgan.

Talonchilik uchun olti yarim yillik qamoq jazosini o‘tagan Shcherbakov 2023-yilning noyabr oyida qamoqxonadan urushga jalb qilingan. U Ukrainada xizmat qilganidan keyin afv etilgan.

Rossiyada jazoni ijro etish muassasalaridan urushga jalb qilingan sobiq mahbuslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni 2023-yil boshidan beri oshib bormoqda.