Umra: Diniy qo‘mita turfirmalarni ogohlantirdi

Umra ziyorati, Makka, Saudiya Arabistoni.

O‘zbekistonda joriy yil 5-oktyabrdan so‘ng Umra xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha barcha turdagi faoliyat noqonuniy hisoblanadi, degan ogohlantirish bilan chiqdi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita.

Rasmiy bildirgida tegishli litsenziyasiz Umra tadbirlarini tashkil etish taqiqlangani, buning uchun BHMning 200 baravari (68 mln so‘m) miqdorida jarima belgilangani ta’kidlangan.

Hozirga qadar sayyohlik firmalari Turizm qo‘mitasi bergan litsenziya asosida Umra xizmati ko‘rsatib kelgan.

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

Ҳаж ва Умра: минтақада энг кўп пулни ўзбекистонликлар тўлайди

2024-yil 2-iyulda qabul qilingan qonunga muvofiq, 5-oktyabrdan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Umra xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha litsenziya beruvchi vakolatli organga aylanadi.
Kun.uz” nashri hozircha qo‘mita litsenziya berish shartlarini e’lon qilmaganiga e’tibor qaratgan.

Diniy qo‘mita va Musulmonlar idorasi Haj va Umra ziyoratini uzoq yillar davomida monopoliya qilib kelgani ma’lum. Buning ortidan yuz minglab vatandoshlar ziyorat uchun yillab navbat kutishga majbur bo‘lgan.

2022-yili jamoatchilik talabi asosida Umra safarini sayyohlik firmalari orqali ham tashkil etishga ruxsat berildi. Buning ortidan ziyorat yo‘nalishidagi turfirmalar soni oshgani, tariflar keskin pasaygani kuzatildi.

Diniy qo‘mita turfirmalar uchun litsenziya shartlarini yanada qiyinlashtirishi kutilmoqda. Jamoatchilik talablar kuchaytirilishi ortidan Umra monopoliyasi qaytishidan xavotirda.