Xorij shirkatlari o‘zbek g‘aznasiga 101,9 milliard so‘m soliq to‘ladi

Illyustrativ surat

O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 61 ta xorijiy kompaniya 2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida 101,9 milliard so‘m soliq to‘lgan.

Davlat soliq qo‘mitasiga ko‘ra, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,1 barobar ko‘pdir.

To‘langan soliqlarning 99,9 foizi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi quyidagi 10 ta shirkat hissasiga to‘g‘ri keladi:

• Meta – 41,1 milliard so‘m;

• Google – 26,1 milliard so‘m;

• Apple – 22,6 milliard so‘m;

• Amazon – 3,7 milliard so‘m;

• Vooking.som – 2,2 milliard so‘m;

• Zoom – 1,4 milliard so‘m;

• Netflix – 1,3 milliard so‘m;

• Acca – 1,2 milliard so‘m;

• Yandex Europe – 1,1 milliard so‘m;

• Xsolla – 900,3 million so‘m.

Mazkur shirkatlar ko‘rsatgan xizmat hajmi esa 9 oy mobaynida 849,1 milliard so‘mga yetgan.

DSQ qaydicha, elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslari o‘tgan chorakdan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay soliq hisobotini taqdim etishi va soliqlarni to‘lashi kerak.