Yevropa Ittifoqi Gruziyaning integratsiya jarayonini to‘xtatib qo‘ydi. Bu haqda Gruziyaning YIdagi elchisi Pavel Gerchinskiy Yevropa Ittifoqining kengayishiga oid Tbilisida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada qilgan chiqishi chog‘ida bildirdi.
Elchiga ko‘ra, amaldagi Gruziya hukumatining niyati Yevropa Ittifoqi liderlari uchun mujmal bo‘lib turibdi. U “Xorijiy ta’sir shaffofligi to‘g‘risida”gi qonunni boshqa yutuqlar manzarasida ortga qadam, deb atadi.
“Shuningdek, aksilg‘arb, aksilyevropa ritorikasi Yevropa Ittifoqiga kirish bo‘yicha irod etilayotgan maqsadlar bilan mutlaqo nomuvofiqdir”, deya qo‘shimcha qildi Gerchinskiy integratsiya jarayonining to‘xtatib qo‘yilishini “kishini qayg‘uga botiruvchi va yurakni ezuvchi” deb atar ekan.
Elchiga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi Gruziya mudofaasini dastaklash uchun ajratilgan 30 million yevroni muzlatib qo‘yishga ulgurgan – va “bu birinchi qadam, xolos”.
Gerchinskiy Gruziyaning YIga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishlar mamlakatda 2024-yil oktyabrida bo‘lib o‘tadigan parlament saylovidan keyin qayta boshlanishiga umid bildirdi.