Zelenskiy: Urushning oxiri biz o‘ylagandan ko‘ra yaqin

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy BMT Bosh qarorgohida. 23-sentyabr, 2024

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi “tugashiga ko‘pchilik o‘ylaganidan ko‘ra oz qolgan”ini aytdi va ittifoqchilarni ukrain armiyasini kuchaytirishga chaqirdi.

Zelenskiy bu haqda Qo‘shma Shtatlarga tashrifi chog‘ida ABC teleshirkatiga bergan intervyusida gapirgan.

Teleshirkat anons sifatida e’lon qilgan iqtiboslarda Ukraina prezidenti uning AQSH prezidenti Jo Baydenga taqdim etajak g‘alaba rejasining mohiyati “Ukrainani kuchaytirish” ekanini aytadi: “Aynan shuning uchun biz do‘stlarimizdan, ittifoqchilarimizdan bizni kuchaytirishni iltimos qilyapmiz. Bu juda muhim”.

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

Киев ракета ҳужумлари остида, 53 киши жароҳатланди

“Nazarimda, biz sulhga ko‘pchilik o‘ylaganidan ko‘ra yaqinmiz. Urush nihoyasiga yaqinmiz”, urg‘ulagan Vladimir Zelenskiy. “Sizning g‘alaba rejangizda Rossiya bilan muzokaralar nazarda tutilganmi va siz Moskvaga ishonishga tayyormisiz?” degan savolga javoban Ukraina prezidenti tinchlik rejasi Rossiya bilan muzokaralar haqida emasligini aytgan. Zelenskiyga ko‘ra, reja mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal etish uchun ko‘prikdir, uning taklifi mohiyati esa Ukrainani kuchaytirishdan iborat.

“Putinni faqat kuch bilan diplomatiya orqali tinchlikka erishishga undashimiz mumkin”, degan Zelenskiy. Uning fikricha, Putin Ukrainaning Kursk viloyatidagi operatsiyasidan qo‘rquvga tushgan, chunki rossiyaliklar u o‘z mamlakati hududini himoya qilishga qodir emasligini ko‘rganlar.

25-sentyabr kuni Vladimir Zelenskiy Nyu-Yorkda, BMT Bosh assambleyasi yig‘ilishida nutq so‘zlaydi. Tashrif doirasida u “Katta yettilik” mamlakatlari hamda Global Janub vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazishi rejalangan.